Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahrida har bir mahallaga 40 nafardan yotoqqa va kunlik terimga har kuni 50 nafardan fuqaroni jalb qilish topshirilganligi xaqidagi xabar tarqaldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahrida har bir mahallaga 40 nafardan yotoqqa va kunlik terimga har kuni 50 nafardan fuqaroni jalb qilish topshirilganligi xaqidagi xabar tarqaldi. Ushbu holatni Namangan viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi monitoring tarzida tekshirishdan o‘tkazdi.
O‘rganish o‘tkazish davomida, Namangan shahrida joylashgan Marg‘ilon, Ravnaq, Zarkent, Baynalminal, Obod, Ma’rifat, Ozod, Sharq Tongi, Barkamol Avlod, Yakkatut, Yangiobod, Chaman, Taraqqiyot va Zarbdor mahalla fuqarolari raislari bilan suhbatlashib tushuntirish xati olindi. Unda shahar hokimligi tomonidan ularga paxta terimiga odamlarni majburlab olib chiqish bo‘yicha topshiriq beriilmaganligini, mahalla raislari tomonidan kam ta’minlaganligi uchun moddiy yordam olayotganlarni, 2023 yil paxta terimi mavsumi uchun mahalla terimchi-hasharchilarni jalb etish bo‘yicha viloyat va shahar hokimligi tomonidan topshiriq berilmaganligini bayon etilgan.