Ijtimoiy tarmoqlarda "Mehnat vazirligi ishsizlar sonini raqamda berarkan-u amalda roʻyxatini berolmas ekan" sarlavhasi ostida chiqarilgan xabar yuzasidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi quyidagilarni ma'lum qiladi.

09.12.2022

"Mehnat vazirligi" ishsizlar sonini raqamda berarkan-u amalda ro‘yxatini berolmas ekan.

Ishsizlarni aniq identifikatsiya qilish imkoniyati bo‘lmasa, ular bilan qanday qilib manzilli ishlash mumkin? mazmunida tarqalgan video lavha yuzasidan rasmiy munosabat

O‘zbekistonda ishsizlik darajasi qanday aniqlanadi?

 

  1. O‘zbekistonda ishsizlik darajasi Xalqaro mehnat tashkilotining 2013 yildagi 19-xalqaro konferensiyasida tasdiqlangan tavsiyalariga asosan ishlab chiqilgan hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 dekabrda 1011-son Qarori bilan tasdiqlangan metodologiyaga asosan har chorakda ishchi kuchi kuzatuvlari o‘tkazish asosida hisoblab chiqiladi.

Xalqaro mehnat tashkilotining tasdiqlangan tavsiyalariga  asosan so‘rov o‘tkaziladigan uy xo‘jaliklarini saralash har bir tuman (shahar) bo‘yicha ma’lumotlarning namunaviyligini ta’minlaydigan har bir tuman (shahar) bo‘yicha proporsional tanlashda 0,3% dan kam bo‘lmagan uy xo‘jaliklarini qamrab olish orqali amalga oshiriladi.

Ishsizlik darajasi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: ishsizlik darajasi = (ishsizlar soni / ishchi kuchi soni) * 100%. (Bunda ishchi kuchi = bandlar soni + ishsizlar soni).

So‘rovnoma natijalari “SsPro” va “SPSS” elektron dasturlarga kiritiladi. So‘ng tizimdagi algoritm orqali so‘rov natijalari tadqiqot o‘tkazilmagan tuman (shahar)larga tadbiq etiladi. Hisoblangan ko‘rsatkichlarga asosan Mehnat resurslari balansi ishlab chiqiladi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti tomonidan joriy yilning 3-chorak yakunida respublikamizning 108 ta shahar va tumanlarida navbatdagi ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi. Xalqaro mehnat tashkiloti tavsiyalari asosida o‘tkazilgan tadqiqot davomida 500 ta o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, 5,0 mingta uy xo‘jaliklari hamda 26,5 ming nafar fuqarolar qamrab olingan.  

So‘nggi tadqiqotda Andijon viloyatining Andijon shahri, Xonobod, Bo‘ston, Jalaquduq, Izbosgan, Ulug‘nor, Asaka, Marhamat, Paxtobod tumanlari qamrab olingan.

 

Xududlarda ishsizlarning ro‘yxati qanday shakillantiriladi?

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 16 avgustdagi  “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha namunaviy konsepsiyani tasdiqlash to‘g‘risida” 450-son qaroriga muvofiq Hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilangan, unga muvofiq hokim yordamchilari:

 mahallalardagi xonadonlar, oilalar, aholi soni, yosh va gender tarkibi, band bo‘lganlar va ishsizlar soni, ularning mutaxassisliklari hamda kasb malakasi va bir qancha boshqa  ma’lumotlarni o‘z ichiga qamrab olgan mahallaning pasportini ishlab chiqishda ishtirok etishi belgilangan.

Shuningdek, Mehnat organlariga murojaat qilgan fuqarolar ro‘yxati Bandlik xizmati dasturida shakllantirib boriladi.

Joriy yilning o‘tgan 11 oyida mehnat organlari tomonidan jami 754 ming ish qidirib murojaat qilgan shaxslarga bandlik xizmatlar ko‘rsatilgan.

 

Mehnat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar?

Mehnat organlari tomonidan aholi bandligiga ko‘maklashish va mehnat munosabatlarini tartibga solish hamda mehnatni muhofaza qilishni nazoratini olib borish (Inspeksiya) yo‘nalishida ish olib boriladi.

Bandlikka ko‘maklashish xizmatlari:

  • ishsizlarni ishga joylashishiga ko‘maklashadi;
  • ishlamaydigan fuqarolarni kasbga o‘qitish, qayta o‘qitish va ularning malakasini oshirishga ko‘maklashadi;
  • mehnat bozorining holatini va uni rivojlantirish istiqbollarini baholaydi, uning monitoringini tashkil etadi va o‘tkazadi hamda tegishli axborot tarqatilishini ta’minlaydi;
  • aholini ish bilan ta’minlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
  • ishsizlarni o‘z xohishiga ko‘ra haq to‘lanadigan jamoat ishlariga belgilangan tartibda yuboradi;
  • fuqarolarga ishsizlik nafaqasini belgilangan tartibda tayinlaydi;
  • ishsizlarni o‘zini o‘zi band qilish va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha subsidiyalar ajratadi;
  • jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlarni tashkil etadi;
  • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.

Joriy yilning o‘tgan davrida Respublika bo‘yicha mehnat organlari tomonidan jami 754 ming ishsizlarga (shundan, 412 ming ayollarga,
254 ming yoshlarga, 14,5 ming nogironligi bo‘lgan shaxslar)
bandlik xizmatlar ko‘rsatilgan. Jumladan:

388,5 ming nafar ishsizlarga bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashishiga ko‘maklashildi,

164 ming nafar ishsizlar vaqtinchalik haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi.

132 ming ishsizlar 54 turdagi kasb-hunarga o‘qishga jalb etilgan.

25,1 ming ishsizlar subsidiyalar ajratilib ish bilan bandligiga ko‘maklashildi.

43,5 ming nafariga ishsizlik nafaqalari ajratildi.

Andijon viloyatida jami 52,6 ming ishsizlarga (shundan, 28 ming ayollarga, 17 ming yoshlarga, 877 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarga) bandlik xizmatlar ko‘rsatilgan. Jumladan:

22,3 ming nafar ishsizlarga bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashishiga ko‘maklashildi,

18,4 ming nafar ishsizlar vaqtinchalik haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi.

8,3 ming ishsizlar kasb-hunarga o‘qishga jalb etilgan.

844 nafar ishsizlar subsidiyalar ajratilib ish bilan bandligiga ko‘maklashildi.

2,7 ming nafariga ishsizlik nafaqalari ajratildi.

 

Mehnat munosabatlarini tartibga solish hamda mehnatni muhofaza qilish:

  • fuqarolarning mehnat huquqlariga rioya etishni va ularni himoya qilishni;
  • xavfsiz shart-sharoitlar va mehnatni muhofaza qilishni ta’minlash sohasida nazoratni amalga oshirish;
  • ish beruvchilarning mehnat munosabatlari sohasidagi buyruqlari qonun hujjatlariga mos kelishini tahlil qilish;
  • mehnat munosabatlari sub’ektlarining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqlari monitoringini va himoyasini ta’minlash;
  • ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish sifati bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslarga mehnat sharoitlarini yaratish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish;
  • majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik va uni to‘liq bartaraf etish;
  • xodimlar va ish beruvchilarga, uslubiy yordam berish, ishlab chiqarish jarayonida jarohat olish va baxtsiz hodisalarning oldini olishga doir profilaktika ishlarini o‘tkazish;
  • yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida keng axborot-tushuntirish ishlarini olib borish;
  • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.

Mehnat muhofazasi va buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan
18 804 nafar fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqildi, shundan 10 591 ta murojaatlar qanoatlantirilgan va 6 066 nafar fuqarolarni buzilgan mehnat huquqlari tiklangan.

4 019 nafar fuqarolarning jami 6,3 mlrd.so‘mdan ortiq ish haqlari undirib berildi.

Fuqarolar va ish beruvchilar o‘rtasida mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini qo‘llanilishi yuzasidan jami
10 117 ta targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Shundan 679 ta ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlari orqali amalga oshirildi,