Ijtimoiy tarmoqlarda “Mehnat vaziri Nozim Husanovga achchiq gapimiz bor!” nomli sarlavha bilan xabar tarqalgan edi. Unga ko'ra quyidagilarni ma'lum qilamiz:
Ijtimoiy tarmoqlarda “Mehnat vaziri Nozim Husanovga achchiq gapimiz bor!” nomli sarlavha bilan xabar tarqalgan edi. Unga ko'ra quyidagilarni ma'lum qilamiz:
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning 43-moddasida davlat fuqarolik xizmatchisining mehnatiga haq toʻlash hamda ushbu Qonunning 44-moddasida davlat fuqarolik xizmatchisiga qoʻllaniladigan ragʻbatlantirish choralari belgilangan boʻlib, ushbu Qonun ijrosini taʼminlash maqsadida davlat mehnat inspektorlarning ish haqini belgilash boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi belgilangan tartibda ishlab chiqilmoqda.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasining (hududiy) davlat mehnat inspektorlarini moddiy ragʻbatlantirish maqsadida 2022-yil yanvar oyidan boshlab faoliyati koʻrsatkichlari samaradorligiga qarab moddiy ragʻbatlantirib borish boʻyicha vazirlik buyrugʻi qabul qilindi va hududiy davlat mehnat inspektorlariga har oylik shaxsiy ustamalar, ovqatlanish va yoʻl kira xarajatarini qoplab berish yoʻlga qoʻyildi.