Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan “Popdagi yangi bogʻchada xodimlar ogʻir ishlarni qilishga majburlanyapti” mavzusidagi xabar yuzasidan o‘rganish olib bordi

24.01.2024

Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan “Popdagi yangi bogʻchada xodimlar ogʻir ishlarni qilishga majburlanyapti” mavzusidagi xabar yuzasidan Namangan viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi o‘rganish olib bordi.

 Unga ko‘ra, Pop tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 56-sonli bog'cha direktori tomonidan muassasa ochilish marosimiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkilot xodimlarini obodonlashtirish, bezak ishlarini bajarilishga jalb etilgan.

O'rganish natijalari yakunida tashkilot rahbariga nisbatan xodimlarni Mehnat kodeksining 115-moddasiga zid ravishda mehnat shartnomasida ko’rsatilmagan, o‘z xizmat vazifalari doirasiga kirmaydigan ishlarga jalb qilinganligi sababli Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasi, 1-qismi bilan ma’muriy jarima qo’llanildi.