Ijtimoiy tarmoqlarda “Greenwich” ko‘p qavatli uyi qurilishida ishlab, haqimizni to‘liq ololmayapmiz” sarlavhasi ostida chiqarilgan xabar  bo‘yicha Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

26.08.2022

Unga ko'ra, fuqaro A.Ortiqov bilan ish beruvchi “Davlatov Industries” MCHJ hamda “Golden House Development” MCHJlari o‘rtasida mehnat shartnomasi tuzilmagan va mehnat munosabati yuzaga kelmagan.

Murojaatchning bergan yozma tushuntirish xatida ma'lum bo'lishicha, tanishi bilan o‘zaro og‘zaki kelishuv asosida qurilish-ta’mirlash ishlariga yollanma ishchi sifatida jalb qilingan va xizmati evaziga 76 mln so‘mdan ortiq pul mablag‘i to‘lab berilgan. Yuqoridagi holat bo'yicha mehnat qonunchiligi talablari buzilishi aniqlanmadi.