Ijtimoiy tarmoqlarda “Dam olish kuni majlis” sarlavhasi ostida chiqarilgan xabar bo‘yicha Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

25.09.2022

Ijtimoiy tarmoqlarda “Dam olish kuni majlis” sarlavhasi ostida chiqarilgan xabar bo‘yicha Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

Yig‘ilish haqiqatda bo‘lgan yoki bo‘lmaganligiga oydinlik kiritish maqsadida Sirdaryo viloyati Halq banki raxbariyati va bank xodimlari ishtirokida yig‘ilish, shu bilan birga xodimlar bilan anonim suhbat o‘tkazilganda, xodimlar yig‘ilish bo‘lmaganligini ma’lum qilishib, bu haqda tushuntirish xatlari berishdi. Shu bilan birga Sirdaryo viloyati Markaziy bankining ma’muriy binosi to‘liq ta’mirlanayotganligi ma’lum bo‘lib, ushbu binoda yig‘ilish o‘tkazish uchun sharoit yo‘qligi aniqlangan.