Ijtimoiy tarmoqlarda 20 aprel kuni “Kostyum-shim kiygan obodonlashtirish xodimlari yoxud Olmazorda majburiy mehnat an’naga aylandimi?” xabar yuzasidan rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda 20 aprel kuni “Kostyum-shim kiygan obodonlashtirish xodimlari yoxud Olmazorda majburiy mehnat an’naga aylandimi?” sarlavhasi ostidagi xabar tarqatilganligi va ushbu xabar yuzasidan mas’ullar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilayotganligini ma’lum qilgan edik.
Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasining topshirig‘iga asosan Davlat mehnat inspeksiyasi hamda Milliy gvardiya mas’ul xodimlari ishtirokida ijtimoiy tarmoqdagi mazkur murojaat tegishli tartiba o‘rganilgan.
O‘rganish davomida, mazkur obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida qatnashgan universitetning 22-nafar talablaridan tegishli tartibda holat yuzasidan tushuntirishlar olindi.
Ushbu maqolada ko‘rsatilgan holatlarni o‘rganish natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining harbiy xizmatchilari va harbiy xizmatchi xisoblanmaydigan talabalar tomonidan Olmazor tumani Qoraqamish-2/4 dahasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirishda majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilganlik holati aniqlanmadi.
Shuningdek, maqoladagi video lavhada universitetning maxsus fakultet boshlig‘ining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari ham ishtirok etganligi ko‘rsatilganligi holati bo‘yicha, talabalar o‘z xohishlariga ko‘ra Olmazor tumanida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borganligi, ular tomonidan nazorat amalga oshiriganligini ma’lum qilindi.
Kelgusida bunday xolatlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida universitet xodimlari o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish hamda tegishli buyruq va topshiriqlarsiz ish yoki o‘qish vaqtida o‘z hizmat vazifasiga kirmaydigan ishlar bilan shug‘ullanmaslikning oldini olish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘i nomiga Yozma ko‘rsatma berildi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 7-moddasida, harbiy yoki muqobil xizmat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari asosida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar majburiy mehnat hisoblanmasligi belgilangan.