Ijtimoiy tarmoqlar orqali: Samarqand hududiy elektr tarmoqlari aksionerlik jamiyati

25.11.2021

Ijtimoiy tarmoqlar orqali (https://www.youtube.com/watch?v=_phQYykQ9dA) Samarqand hududiy elektr tarmoqlari aksionerlik jamiyati xodimlarini yangi tayinlangan rahbar Gʻ.Mamatqulov tomonidan ommaviy tarzda hech bir ogohlantirishlarsiz ishdan bo‘shatib yuborilayotganligi bayon qilingan xabar yuzasidan Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida, Samarqand hududiy elektr tarmoqlari aksionerlik jamiyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100, 102, 108-moddalari talablariga rioya qilmaganligi aniqlandi.

Shuningdek, maqolada ko‘rsatilgan fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash maqsadida kiritgan da’vo arizalari Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi tomonidan ko‘rib chiqilayotganligi ma’lum bo‘ldi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha axborot taqdim qilinadi.