Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Baliqchi tumanida “Toza hudud” DUKda yuklovchi bo‘lib ishlovchi Rustam Atamatovni noyabr oyida ishdan bo‘shatishgani

26.01.2022

Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Baliqchi tumanida “Toza hudud” DUKda yuklovchi bo‘lib ishlovchi Rustam Atamatovni noyabr oyida ishdan bo‘shatishgani, ammo ikki oyli maoshi va yakuniy hisob puli berilmagani, bu masalada korxonaga qilingan murojaatlarning esa e’tiborsiz qolayotganidan shikoyat qilingan” sarlavhasi ostida e’lon qilingan xabar bo‘yicha Andijon viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida, fuqaro R.Atamatovning mehnat shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 99-moddasiga asosan “Toza hudud” DUK 2021-yil 26-noyabrdagi №76-sonli buyrug‘i bilan bekor qilinganligi hamda xodimning ish haqidan bo‘lgan qarzdorlik 2022-yil 1-yanvar holatiga to‘liq to‘lab berilganligi aniqlandi.

Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan ish beruvchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 154,161-moddasi talablariga ko‘ra ish haqlarini kechiktirilganligi bo‘yicha MJtKning 49-moddasi 1-qismi ko‘ra ma’muriy jarima jazo chorasi qo‘llanildi.