Ijtimoiy tarmoqdagi “Yashil makon dasturi” sarlavhasi ostida tarqalgan xabar bo‘yicha Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

02.12.2021

Ijtimoiy tarmoqdagi “Yashil makon dasturi” sarlavhasi ostida tarqalgan xabar bo‘yicha Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.
    Unga ko‘ra, “Yashil makon” dasturi doirasida 2021 yil 27 noyabr shanba kuni Yunusobod tuman 19-daxasi hududida maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasi tomonidan xodimlar archa va boshqa ko‘chatlar o‘tqazish maqsadida ishga jalb qilinganligi aniqlandi.
      O‘rganish davomida, bir guruh xodimlar ixtiyoriy ravishda dam olish kunida ishga kelganligi hamda obodonlashtirish ishlarida qatnashganliklari tushuntirish xatlari orqali ma’lum qilishgan.
      Ammo, xodimlarni dam olish kunlarida ishga jalb qilishda Mehnat kodeksining 124, 157-moddalari talablari buzilganligi sababli, Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasi 1 qismiga asosan ma’muriy jarima qo‘llanildi.
      Bundan tashqari, qonunbuzilish holatlarini bartaraf qilish hamda keyinchalik xodimlarni ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb qilishda qonun talablariga rioya etishni tashkil etish bo‘yicha Yozma ko‘rsatma berildi.