Ijtimoiy tarmoqdagi “ Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani Obodonlashtirish bo‘limi xodimlaridan kelgan murojaatda aytilishicha, xodimlarga ish haqi to‘liq berilmayapti.”
Ijtimoiy tarmoqdagi “ Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani Obodonlashtirish bo‘limi xodimlaridan kelgan murojaatda aytilishicha, xodimlarga ish haqi to‘liq berilmayapti.” sarlavhasi ostida e’lon qilingan xabar bo‘yicha Surxondaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish davomida, holat yuzasidan Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan xodimlarga bir necha oydan buyon oylik ish haqlari to‘lanmaganligi hamda xodimlarning ish haqidan ushlab qolinayotganligi aniqlanib, joriy yilning yanvar oyi ish haqini to‘lanishi yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatma kiritildi.
Shuningdek, Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan ish beruvchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 154,161-moddasi talablariga ko‘ra ish haqlarini kechiktirilganligi bo‘yicha MJtKning
49-moddasi 1-qismi ko‘ra ma’muriy jarima jazo chorasi qo‘llanildi.