Ijtimoiy tarmoqdagi “Navoiyda maktab direktori emlanmagan oʼqituvchilarni yoppasiga “ishdan boʼshatdi”

24.11.2021

Ijtimoiy tarmoqdagi “Navoiyda maktab direktori emlanmagan oʼqituvchilarni yoppasiga “ishdan boʼshatdi” sarlavhasi (https://t.me/POLITSIYA/33004) ostida chiqarilgan xabar boʼyicha Navoiy viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspektsiyasi tomonidan oʼrganish oʼtkazildi.

Oʼrganish jarayonida,maqolada koʼrsatilgan holatlar oʼz tasdigʼini topdi. Unga koʼra Navoiy viloyati Qiziltepa tuman xalq taʼlimiga qarashli 12-umumiy oʼrta maktabi direktori va oʼqituvchilaridan tushuntirish xatlari olindi.
Yuqoridagilarga asosan, Davlat mehnat inspektsiyasi tomonidan 2021-yil 23-noyabrda maktab direktori nomiga 18/00-01/11-571-sonli yozma koʼrsatma kiritilib, buyruqlar bekor qilindi hamda qonunbuzilish holatlariga yoʼl qoʼyganligi sababli, maktab direktoriga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksning 49-moddasi 1 qismiga asosan maʼmuriy jarima qoʼllanildi.