Ijtimoiy tarmoqdagi “Diyor” MCHJ rahbari ustalarga ish haqini bermayotganigi” sarlavhasi ostida e’lon qilingan xabar

27.01.2022

Ijtimoiy tarmoqdagi “Diyor” MCHJ rahbari ustalarga ish haqini bermayotganigi” sarlavhasi ostida e’lon qilingan xabar bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida, mazkur xabarda ko‘rsatilgan “Diyor” MCHJ bo‘yicha ma’lumot topishning imkoni bo‘lmadi. Oylik ish haqlari berilmaganligi vajlari bilan murojaat qilgan fuqarolar ham ushbu jamiyat va uning rahbari haqida hech qanaqa ma’lumot bilishmasligini ma’lum qilishdi.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz tumanida joylashgan “Lochin” dam olish oromgohida qurilish va ta’mirlash ishlari olib borilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Maqolani o‘rganish jarayonida Davlat mehnat inspeksiyasi xodimlari tomonidan fuqarolarga mehnat qonunchiligi bo‘yicha huquqlari tushuntirildi.