Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabarga RASMIY MUNOSABAT

12.05.2021
🌐Ijtimoiy tarmoqda o‘zini jurnalist bloger deb tanishtirgan O‘tkirbek Chorshanbiyev ismli shaxs "2021 yil 5 may kuni Samarqanddagi Monomarkazda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov va viloyat Bandlik bosh boshqarmasi rahbariyati murojaatlarga befarqlik qilishdi" degan mazmunda videoxabarni tarqatgan.

Blogerning bu chiqishiga nisbatan shuni ma’lum qilamizki, tadbir davomida bir qator OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishgani "Sevimli", "Mening yurtim", "O‘zbekiston 24"da e’lon qilingan videolavhalarda tasvirlangan. Ammo, vazir bilan muloqotda O‘tkirbek Chorshanbiyev ismli bloger savol bermagan, aksincha zalning eng oxirgi qatorida o‘tirganini bloger o‘z qo‘l telefonida olgan videoda ko‘rish mumkin.

Moderator Yekaterina Gorbunova jurnalistlarga yuzlanib, savollar uchun vaqt berganida bu shaxs savol bermaganligi videoda aks etgan.

Hurmatli fuqarolar! Yolg‘on xabar tarqatganlik uchun qonunchilikda fuqaroviy javobgarlik borligini unutmang.