Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan "Fuqaro murojaati. Qaror namunasi bilan tashlandi" mazmunidagi video xabar yuzasidan o'rganish ishlari olib borildi.
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan (https://t.me/navoiy_kanaluz/33570) "Fuqaro murojaati. Qaror namunasi bilan tashlandi" mazmunidagi video xabar yuzasidan o'rganish ishlari olib borildi.
O'rganish mobaynida vazirlik vakillari suhbat o'tkazganda fuqaro tikuvchilik yo‘nalishida korxona tashkil etishini ma'lum qilgan.
Shundan so‘ng fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi (2019 yil 31 maydagi 3163-son) nizomga asosan - ishsiz fuqarolar, kam ta’minlangan oilalar a’zolari, tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarga kooperativlar ustav fondiga (jamg‘armasiga) ulush sifatida kiritish uchun subsidiya ajratish bo‘yicha kelishib olindi.