Ijtimoiy himoya tizimini yanada mustahkamlash yuzasidan chora-tadbirlar olib borilmoqda

08.06.2020

Joriy yilning 5 iyun kuni O‘zbekistonda ijtimoiy himoyani mustahkamlash bo‘yicha BMTning qo‘shma dasturini amalga oshirish doirasida birinchi videokonferensaloqa shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Kasaba uyushmalari federasiyasi kengashi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi vakillari ishtirok etishdi. Uchrashuvda xalqaro hamjamiyatdan UNICEF, XMT va BMT Taraqqiyot dasturi vakillari qatnashdi.

photo_2020-06-08_11-41-53

2020–2022 yillarga mo‘ljallangan ijtimoiy himoyani mustahkamlash qo‘shma dasturi Barqaro rivojlanish maqsadlari birlashgan fondi tomonidan moliyalashtirilmoqda. Dastur O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimi samarasi va ta’sirchanligini oshirish, inklyuziv iqtisodiy o‘sishni rivojlantirish maqsadida aholining zaif guruhini himoya qilish sohasida eng yaxshi jahon tajribalarini joriy etish, kambag‘allikni kamaytirish va inson kapitalini rivojlantirishga yo‘naltirilgan.

Dastur doirasida manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik asosida va aholini jalb etgan holda Aholini ijtimoiy himoya qilish milliy strategiyasini ishlab chiqish, aholiga ijtimoiy himoyani taqdim etishda idoralararo samarali munosabatlar mexanizmini yaratish, shuningdek, jismoniy imkoniyati cheklanlanlar uchun har tomonlama ijtimoiy himoyani taqdim qilishda innovasion yondashuvlarni joriy etish rejalashtirilmoqda.

photo_2020-06-08_11-41-54

Учрашув давомида Ўзбекистон Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирининг ўринбосари Н.Якубов ижтимоий ҳимоя стратегиясини ишлаб чиқишда ХМТ кўмагида Вазирлик томонидан ишлаб чиқилаётган Ўзбекистон бандлик миллий стратегияси доирасида режалаштирилаётган ижтимоий сиёсатни амалга ошириш бўйича фаол чора-тадбирларни инобатга олиш мақсадга мувофиқ бўлишига алоҳида эътибор қаратди.

Бундан ташқари, Н.Якубов айни вақтда янги таҳрирдаги «Аҳоли бандлиги тўғрисида»ги Қонун ва янги таҳрирдаги Ўзбекистон Республикаси Меҳнат кодекси лойиҳалари тасдиқланиш босқичида турганлигини таъкидлади. Меҳнат қонунчилигининг кўрсатилган нормалари меҳнат ва унинг амалга ошиш механизмлари соҳасидаги асосий принцип ва ҳуқуқларни ҳисобга олган ҳолда янгиланган.

photo_2020-06-08_11-41-54 (2)

Ushbu amaliy uchrashuv – ijtimoiy himoya tizimini isloh qilish doirasida milliy sheriklar va BMT Agentliklari o‘rtasidagi ko‘p tomonlama muhokamalarning dastlabkisi. Keyingi dialog tematik ishchi guruh va kichik guruhlarni tuzish haqida ishtirokchilarning takliflarini inobatga olgan holda davom etadi.