Ijtimoiy barqarorlik va inklyuziya bo'yicha global amaliyoti rahbari Varalakshmi Vemuru boshchiligidagi Jahon banki delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv o'tkazildi

10.03.2022

#Xalqaro_hamkorlik

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov Ijtimoiy barqarorlik va inklyuziya bo'yicha global amaliyoti rahbari Varalakshmi Vemuru boshchiligidagi Jahon banki delegatsiyasi vakillari bilan uchrashdi.

Unda trast fondi doirasidagi aniq tadbirlarni davom ettirish, odam savdosiga qarshi kurashishda texnik yordam ko'rsatish, ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha potensial yangi dastur, Gender masalalari bo‘yicha komissiya bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish, Xalqaro mehnat tashkiloti va donorlar bilan ishlash masalalari muhokama qilindi.

➡️ Shuningdek, tadbirda Ijtimoiy rivojlanish bo'yicha katta mutaxassis Odri Saks, mutaxassislar Robert Vrobel, Gulrano Tlepova hamda XMT bosh texnik maslahatchisi Yonas Astrup ishtirok etdi.