“Ichki buyruq prezident Farmonidan ustunmi?” sarlavhali xabar yuzasidan rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Ichki buyruq prezident Farmonidan ustunmi?” sarlavhali xabar https://t.me/Samarqand_live/14183 tarqalgan.
Holat yuzasidan Samarqand viloyat Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, Samarqand viloyat Gʻaznachilik boshqarmasi, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi, Markaziy bankning Samarqand viloyat boshqarmasidagi xodimlar 2021-yil 4-5 sentyabr kunlari ishga jalb qilinmaganligi aniqlandi.
Hurmatli yurtdoshlar, mehnat munosabatlariga oid murojaatlar yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasining 1176 qisqa raqamlariga, vazirlikning 71-200-06-00 ishonch telefoniga hamda www.dmi.mehnat.uz saytiga murojaat qilishlaringiz mumkin. Shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi.