Hurmatli hamkasblar!

30.12.2020

2020 yil insoniyat tarixida jiddiy sinovlar yili bo‘ldi. Pandemiya insoniyatni tahlikaga soldi va dunyoda o‘zini eng qudratli hisoblagan mamlakatlarda ham iqtisodiy inqirozlar, keskin talofatlar, kutilmagan oqibatlarni keltirib chiqardi. Sinovlar bilan birga o‘tgan yil ham nihoyalab bormoqda.

Bu yil bizlarga mehr-oqibat, insoniylik, sabr-toqat borasida ham saboq berdi. Kirib kelayotgan Yangi yil yangi orzu-umidlardan darak beradi. Inson omili muqaddas sanalgan yurtimizda xalqimiz farovonligi yo‘lida hali ko‘plab amaliy ishlar qilinishiga zamin yaratilmoqda.

Fursatdan foydalanib, barchangizni kirib kelayotgan yangi 2021 yil bilan samimiy qutlayman. Oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, ishlaringizda yutuq va muvaffaqiyatlar, o‘zingizga esa sog‘lik-salomatlik tilayman.

Barchangizga kirib kelayotgan Yangi 2021 yil muborak bo‘lsin, aziz hamkasblar!