“Huquqi kafolatlanmagan kuryerlar: O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish sohasida qanday bo‘shliqlar qolmoqda” mazmunidagi xabarlar haqli e’tirozlarga sabab bo‘lyapti.
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda “Huquqi kafolatlanmagan kuryerlar: O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish sohasida qanday bo‘shliqlar qolmoqda” mazmunidagi xabarlar (https://uz24.uz/uz/articles/yandex-eats) munozaralarga sabab bo‘lyapti.
Mazkur xabar yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.
Respublikamizda YANDEX EATS faoliyati bo‘yicha xizmat ko‘rsatishni “YANDEX EATS” xususiy korxonasi MCHJ tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (https://lex.uz/docs/111189) 27-bobi talabidan kelib chiqib, “YANDEX EATS” XK MCHJ o‘z xizmatlarini fuqarolik huquqiy munosabatga kirishgan hamkorlari, ya’ni tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar orqali oziq-ovqat mahsulotlarini buyurtmachilarga yetkazadi.
Mazkur MCHJ orqali buyurtma qilingan oziq-ovqat mahsulotlarini hamkorlik o‘rnatilgan tadbirkorlik sub’yektlarining (ushbu tadbirkorlik sub’yektlaridan jo‘natmani qabul qiladigan va buyurtmachiga topshiradigan) xodimi hamkor tashkilotlar bilan shartnomaga ega bo‘lgan fuqarolar yetkazib beradi.
Yuqoridagilarga asosan, YANDEX EATS va kuryerlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri munosabat va kelishuv mavjud emas.
Kuryerlar, “YANDEX EATS” XK MCHJ bilan fuqarolik huquqiy munosabatga kirishgan hamkorlari, ya’ni tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnoma va kelishuvlar asosida faoliyat olib boradi.
Ko‘rsatgan xizmati uchun tegishli haq ushbu tashkilotlar tomonidan to‘lab beriladi.
Eslatib o‘tamiz! O‘zbekiston Respublikasining Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 11-moddasiga (https://lex.uz/uz/pdfs/6257288) muvofiq xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni haqiqatda tartibga soladigan fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomalar tuzish taqiqlanadi.
Shunga asosan, “YANDEX EATS” XK MCHJ bilan fuqarolik huquqiy munosabatga kirishgan hamkorlari, ya’ni tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxslarga kuryerlarni mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilish tavsiya etiladi.
Fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnoma asosida ish bajarayotgan shaxslar davlat tomonidan xodimlarga nisbatan beriladigan huquqlardan foydalana olmaydi.
Xususan, mazkur shartnoma asosida ishlagan fuqarolar ishsizlikdan himoyalanish, lavozimiga qarab oylik ish haqining o‘suvchanligi, yillik asosiy va qo‘shimcha ta’tillar berilmasligi hamda, eng asosiysi, qariganda davlat pensiya ta’minoti olish huquqini beruvchi ish staji yuritilmasligi va boshqa kafolatlangan imtiyozlardan foydalana olmasligini inobatga olish lozim.