“Humans mobil operatori odamlar uchunmidi? Sizda ishlaydiganlar ham odammi?” mazmunidagi xabar yuzasidan rasmiy munosabat
28.10.2021
Ijtimoiy tarmoqda “Humans mobil operatori odamlar uchunmidi? Sizda ishlaydiganlar ham odammi?” sarlavhasi ostida chiqarilgan xabarhttps://t.me/nurbekalimov/3776 bo‘yicha Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish davomida, “Humans” MCHJ rahbariyati va dilerlar o‘rtasida mehnat shartnomasi tuzilmaganligi hamda xodimlarning oylik ish haqlaridan qarzdorlik aniqlanmadi.
Yuqoridagilarga asosan, ish beruvchiga xodimlarning ish haqlarini o‘z vaqtida to‘lashda Mehnat kodeksining 154,161-moddalari talablariga rioya qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.