Hududlardan xabarlar. Navoiy
Joriy yilning o‘tgan davrida 6616 nafar ishsiz xotin-qizlar doimiy ish o‘rinlariga ishga joylashtirildi. Bundan tashqari 2830 nafar xotin-qizlar haq to‘lanadigan jamoat ishiga jalb qilindi. Shuningdek, 2527 nafar xotin-qizlar turli xildagi kasb-hunarlarga o‘qitilganligi ma'lum qilinadi.
Jumladan “Ayollar daftari”ning uchinchi bosqichiga kiritilgan ishsiz ayollar soni 5996 nafar bolib, shundan kasb-hunarga o‘qitilayotgan ayollar 557 nafarni tashkil etgan. Doimiy ishga joylashgan xotin-qizlar 1404 nafarni, vaqtinchalik (jamoat) ishlariga jalb etilganlar esa 274 nafarni, bundan tashqari ishsizlik nafaqasini tayinlangan xotin-qizlar 50 nafarini tashkil etadi, boshqa tashkilotlar jamg‘armasi hisobidan subsidiya ajratilib band qilinganlar 578 nafarni hamda sektor rahbarlari tashabbusi bilan mustaqil ravishda ishga joylashganlar 1815 nafarni tashkil etdi.