Hududlardan xabarlar

27.06.2022
 
Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani "Sanoat" mahallasida ishsiz, band bo‘lmagan fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish mahalla maskanining ochilishi bo‘lib o‘tdi.
 
Mazkur maskanning ochilishida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov va  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Yoldosh Alimov  ishtirok etdilar.
 
Ma’lumot o‘rnida: Ushbu kasb-hunarga o‘qitish maskanida mahalladagi ishsiz, band bo‘lmagan fuqarolar tikuvchilik, ayollar sartaroshi, uqalovchi (massaj) va kosmetologiya kasblariga o‘qitiladi.