Hududlarda targ‘ibot va tashviqot ishlari davom etmoqda
Vazirlik boshqarma boshlig‘i Ilxom Abrorov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan ishsiz fuqarolar bandligiga, ularning qo‘shimcha daromad topishlariga ko‘maklashish bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, Ishchi guruh terim jarayonlarini ham ko'zdan kechirmoqda.
Xususan, hozirda Respublikaning donor hududlaridan qo‘shimcha daromad olish istagini bildirgan 22 mingdan ortiq fuqarolar Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida paxta yig‘im-terimida ishtirok etmoqda.
Ushbu viloyatlarda terimchilar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, eng muhimi ularning mavsum davomida qo‘shimcha daromadga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish maqsadida 78 ming kishilik sig‘imga ega bo‘lgan 491 ta yotoq joylar tashkil etilgan.
Birgina vodiy viloyatlaridan jami 9 ming nafarga yaqin ko‘ngilli terimchilar jalb etilgan.
Jumladan, Andijon viloyatidan 1 569 nafar, Farg‘onadan 4 186 nafar, Namangan viloyatidan 2 150 nafar.