“Hududgaz xodimlarining bayram kunlarida ishlagani uchun beriladigan maoshi qayerda?” mazmunidagi xabar yuzasidan rasmiy munosabat

20.10.2021

Ijtimoiy tarmoqda “Hududgaz xodimlarining bayram kunlarida ishlagani uchun beriladigan maoshi qayerda?” sarlavhali xabarhttps://t.me/muxbir1/12645 yuzasidan Andijon viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida, Asaka GNS, Qo‘rg‘ontepa va Shahrixon GNPlar xodimlari hamda tuman va shahar gaz ta’minoti bo‘limlarining suyultirilgan gaz xizmati haydovchilari va gaz ballon o‘rnatuvchi chilangarlari 2021-yil 2,3,4, va 5-sentyabr dam olish kunlari ishga jalb qilinganligi aniqlandi.

Yuqoridagilarga asosan, Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan ish beruvchiga bayram kunlarida ishga jalb qilingan xodimlarga qo‘shimcha ish haqi to‘lab berilishi bo‘yicha yozma ko‘rsatma kiritildi hamda xodimlarning ish haqlarini o‘z vaqtida to‘lashda Mehnat kodeksining 154,161-moddalari va ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb qilishda Mehnat kodeksining 157-moddasi talablariga rioya qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.