Xitoylik amaliyotchi olimlar Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligida maslahatchi bo'lib faoliyat yuritishadi.

24.02.2023

Xitoylik amaliyotchi olimlar Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligida maslahatchi bo'lib faoliyat yuritishadi.

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng koʼlamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar doirasida kambag’allikni bartaraf etish, kam taʼminlangan oilalar sonining koʼpayishiga yoʼl qoʼymaslikning samarali mexanizmlarini yaratish masalalarini hal yetish ustuvor vazifa yetib belgilangan.



Taʼkidlash joizki, Xitoy kambag'allik ustidan toʼliq gʼalaba qozonganligi haqida eʼlon qilgan birinchi mamlakat sanaladi.

Bunday yuksak samara jahon hamjamiyatining eʼtiboridan chetda qolmadi va BMT hamda qator xalqaro tashkilotlar tomonidan eʼtirof etildi.

Ikki davlat oʼrtasida jadal rivojlanayotgan strategik sheriklik Xitoyning bu boradagi ilgʼor tajribasini oʼrganish uchun keng imkoniyatlar beradi.
Kambag’allikga qarshi kurashda Xitoy tajribasini oʼrganish va joriy etish boʼyicha hamkorlikda tadbirlar oʼtkazish yuzasidan ikki davlat rahbarlari oʼrtasida kelishuvga erishilgani buning yorqin dalilidir.
Mazkur kelishuvni amalda tatbiq etish maqsadida Oʼzbekistonning Xitoydagi elchixonasi koʼmagida xitoylik olimlar Zhang Qi  va Wang XiaoLining Oʼzbekistonga tashrifi tashkil yetildi.

Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik vazirligi rahbariyati bilan boʼlib oʼtgan uchrashuvda hamkorlikdagi ishlarning ustuvor yoʼnalishlari muhokama qilindi.
— Oʼzbekiston hukumati kambag’allikni kamaytirishga qanchalik katta eʼtibor qaratayotganini qisqa vaqt ichida his qildik va biz belgilangan maqsadlarga erishishda yordam berishga tayyormiz, — deb taʼkidladi Pekin pedagogika universitetining Iqtisodiyot va resurslarni boshqarish instituti professori Zhang Qi.
Dastlabki bosqichda mutaxassislar hududlarga safar qilib, sohadagi ishlarning bugungi holatini oʼrganadi. Tahlil natijalariga koʼra kambagʼallikni aniqlashning moliyaviy va nomoliyaviy mezonlarini ishlab chiqish rejalashtirilgan.


Keyinchalik, ilmiy yondashuv asosida kambag'allikdan chiqish boʼyicha maqsadli dasturlar ishlab chiqilib, ular viloyatlar, tumanlar va mahallalar miqyosida amalga oshiriladi.
Shuningdek, ushbu dasturlarning samaradorligini monitoring qilish mexanizmini joriy yetish nazarda tutilgan.
Oʼquv dasturlarini qayta koʼrib chiqish orqali kasb-hunar taʼlimi tizimini oʼzgartirishga alohida eʼtibor qaratiladi. Ushbu chora kadrlar tayyorlash borasida ichki va tashqi mehnat bozorida talabga ega boʼlgan zamonaviy bilim va koʼnikmalarni shakllantirish imkonini beradi.