Hazorasp tumanida “Bo’sh ish o’rinlari” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

23.06.2021

Xorazm viloyati Hazorasp tumanida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bandligiga ko’maklashish va kasbga o‘qitishni tashkil qilish maqsadida “Bo’sh ish o’rinlari” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Unda 51 ta korxona, tashkilotlar o’zlarida mavjud 332 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Tadbirda 216 nafar ishsiz fuqarolar qatnashib, ulardan 47 nafariga doimiy ishga joylashish uchun, 15 nafariga kasb-hunarga o‘qitishga yo‘lanmalar berildi.

Shuningdek, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan 1 nafar ishsiz ayolga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun subsidiya ajratilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.