Harbiy xizmatchilarning oila a'zolari ishga joylashtirildi

21.01.2020

Bugun Samarqand viloyatida ishga joylashishga muhtoj harbiy xizmatchilar oila a'zolari, ishsiz yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta'minlash maqsadida yarmarka tashkil etildi.

Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarmasi rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining 28 yillik munosabati bilan tashkil etilgan mazkur tadbirda Samarqand shahar, Jomboy, Bulung‘ur, Oqdaryo, Payariq va Nurobod tumanidan aholi ishtirok etdi.

ярмарка 12 

82 ta korxona, tashkilotlar 1001 ta bo‘sh va kvota ish o‘rini bilan qatnashdi. Yarmarka davomida 287 nafar ishsiz fuqaro jalb qilindi. Shuningdek, 165 nafar fuqaroning bandligi ta'minlandi. 61 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga 92 nafariga o‘zlariga mos kelgan kasblar bo‘yicha xalq xo‘jaligining turli sohalariga ishga joylashish maqsadida yo‘llanmalar berildi. 12 nafari esa kasb-hunarga o‘qitiladigan bo‘ldi.

Shuningdek, fuqarolarga mehnat qonunchiligi yuzasidan axborot berildi.

ярмарка 14