HAMKORLIK YANADA MUSTAHKAMLANADI

30.08.2023

 Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev Latviya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Janob Reynis Troksha bilan uchrashdi.

Maʼlumki, Latviya Yevropa Ittifoqi mamlakatlari ichida Oʻzbekistonning eng yirik va yaqin hamkorlaridan biri sanaladi.  

Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasida mehnat va bandlik sohasidagi oʻzaro aloqalarni yanada mustahkamlash va yangi bosqichga olib chiqish masalalariga eʼtibor qaratildi.