Hamkorlik istiqbollari davom etmoqda

05.03.2021

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Germaniyaning Konrad Adenauer jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik Memorandumini imzolashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov, vazirning birinchi o‘rinbosari E.Muhitdinov va Germaniyaning Konrad Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyodagi vakili Ronni Xayne, jamg‘arma loyiha rahbari Ashraf Alikulov ishtirok etdi.

Uchrashuvda asosan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, mehnat bozorida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash, tashqi va ichki migratsiya masalalari, majburiy mehnatga barham berish, yoshlarni kasbga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlashda bilim va ko‘nikmalarini oshirish sohalarida birgalikdagi loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini o‘rganish kabi masalalar muhokama etildi.