"Xalq banki»ning uch xodimi dahshatli halokat qurboni bo‘ldi" mazmunidagi xabar yuzasidan rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqda "Двое погибли при обвале грунта в Кагане" mazmunidagi xabar https://www.gazeta.uz/ru/2021/11/16/kagan/?utm_source=push&utm_medium=telegram tarqalgan edi.
2021 yil 16 noyabr kuni soat 15:30lar atrofida Buxoro viloyati Kogon shahar Do‘stlik ko‘chasida “61-sonli Avtokorxona” MCHJ tomonidan kanalizasiya quvuri qazish ishlari olib borilayotganda kovlangan o‘raning atrofidagi tuproq o‘pirilib tushishi natijasida o‘raning ichida ishlayotgan fuqarolar Amirov Namozbek Xusan o‘g‘li va Saidqulov Sardor Valijon o‘g‘li tuproq ostida qolib vafot etganligi yuzasidan Buxoro viloyati Bandlik bosh boshqarmasining 2021 yil 18 noyabrdagi 202-ICh-sonli buyrug‘iga asosan tuzilgan maxsus tekshirish komissiya o‘z ishini yakunladi.
Baxtsiz hodisaning sodir bo‘lishiga asosiy sabablar:
“61-Avtokorxona” MCHJ ish beruvchisi tomonidan ishlarni xavfsiz olib borishlari yuzasidan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan tartibda yo‘l-yo‘riqlar olmagan N.Amirov va S.Yaxyoxonovlarni Kogon shahar “Do‘stlik” MFY Do‘stlik ko‘chasida joylashgan diametri 1000 mm li plastmassa kanalizasiya quvurlarini rekonstruksiya qilish ishlariga jalb etilganligi;
kanalizasiya quvurlarini rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish uchun qazilgan o‘ra (bo‘yi 5,0-5,5 metr, eni 5-6 metr atrofida) devorining qulab tushmasligini oldini olish uchun keltirib qo‘yilgan kattaligi 2,6 x 4,6 hajmdagi 2 ta temir panjaralarning o‘rnatib qo‘yilmaganligi.
Vaziyat sabablarini bartaraf etish chora-tadbirlari belgilanib, mazkur baxtsiz hodisa mehnat faoliyati bilan bog‘liq deb topilib, N-1 shaklidagi dalolatnoma bilan rasmiylashtirildi va korxona tomonidan “61-Avtokorxona” MCHJ hisobga olindi.
Hodisa yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar to‘plami huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.