“Farg‘onani Quvasida odamlar norozi” sarlavhali xabar yuzasidan rasmiy munosabat
18.03.2022
Ijtimoiy tarmoqda chiqqan “Farg‘onani Quvasida odamlar norozi” sarlavhali xabarni https://t.me/OlimjonHaydarov/2933 tegishli mas’ullar joyiga borgan holda o‘rgandi.
Turkiyalik investorlar ishtirokida tashkil etilgan mazkur “Doģonay irboli textile” MCHJ shaklidagi xorijiy korxonada 75 nafar ishchilar bo‘lib, yanvar-mart oylarida buyurtmachiga ishlab chiqarilgan mahsulotlar o‘z vaqtida yetkazib berilmaganligi sababli ushbu oylar uchun xodimlar ish haqidan qarzdorlik yuzaga kelgan. Murojaat yuzasidan ko‘rilgan choralar natijasida xodimlarning 150,0 mln so‘m ish haqlari undirib berildi.