Farg‘ona shahrida “Farzandlarni moddiy ta’minlash – ota-onaning Konstitusiyaviy burchidir” g‘oyasi asosida tadbir o'tkazildi
Ajrimlarning oldini olish, ularni yarashtirish, ishsizlar bandligiga ko‘maklashish maqsadida Farg‘ona viloyat prokuraturasi, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi hamda mas’ul idoralar bilan birgalikda “Farzandlarni moddiy ta’minlash – ota-onaning Konstitusiyaviy burchidir” g‘oyasi asosida Farg‘ona shahrida tadbir tashkil qilindi.
Unda tuman (shahar) hududlaridan kelgan 500 ga yaqin nikohdan ajrashgan va ajrim yoqasida turgan er-xotinlar, aliment to‘lovchi qarzdorlar va boshqa dahldor fuqarolar qatnashdi.
Tadbir doirasida “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi ham o‘tkazilib, 21 ta tashkilot va muassasalar o‘zlarida mavjud mingga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.
Natijada 126 nafar fuqarolar ishga joylashtirilib, aliment undiruvi qarzdorlarning oylik ish haqiga qaratildi.
Uchrashuv so‘nggida 12 ta ijro hujjatlari bo‘yicha 29,3 mln. so‘m aliment pullari undirilishiga, bu bilan 23 nafar voyaga yetmagan fuqarolarning huquqi tiklanishiga erishildi va 46 nafar oilalar yarashtirildi.
Bu kabi tadbirlar hududlarda davom etmoqda.