Eslatma

12.03.2020
#hashar
 
Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida joriy yilning 14-15 mart kunlari umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish haqida Hukumat farmoyishi qabul qilindi.
 
Shu o‘rinda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ayni jarayonni o‘tkazish bilan bog‘liq tartibni eslatib o‘tadi:
 
a) Hashar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 349-son qaroriga asosan tashkil etiladi va o‘tkaziladi;
 
b) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faqat tegishli mahalla hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, bolalar va sport maydonlarini jihozlash, moddiy-madaniy meros ob'ektlarini zarur holatda saqlash, qabristonlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash hamda zarur holatda saqlash ishlarida aholining ixtiyoriy ishtirok etishini tashkil etadi. 
 
Umumxalq hashari quyidagi tartibda o‘tkazilganda, majburiy mehnat hisoblanmaydi:
 
  • faqat ixtiyoriy tarzda; 
  •  
  • Prezident yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjati bo‘lganda; 
  •  
  • fuqaro ishlaydigan tashkilot hududida; 
  •  
  • mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik normalariga rioya qilgan holda; 
  •  
  • obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, ish o‘rinlarini tartibga keltirish maqsadida.
 
Quyidagi hududlarda ixtiyoriy ravishda ham hashar o‘tkazish taqiqlanadi:
                                                                                                                                                        
  • avtomobil yo‘llarida;
  •  
  • harakatlanish tig‘iz bo‘lgan ko‘chalarda;
  •  
  • suv ob'ektlarida;
  •  
  • qirg‘oqbo‘yi hududlar va zonalarda; 
  •  
  • qurilish maydonlarida;
  •  
  • bino va inshootlar tomlarida; 
  •  
  • xavfli ishlab chiqarish ob'ektlarida;
  •  
  • insonlarning hayotiga va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilishi mumkin bo‘lgan joylarda.