Eski kollej binosi zamonaviy monomarkazga aylandi
03.06.2021
🔰Surxondaryo viloyati Angor tumanida band bo‘lmagan aholiga xizmat ko‘rsatish "Ishga marhamat" monomarkazi ishga tushirildi.
✅Ayni kunda Surxondaryo viloyatida xizmat safarida bo'lib turgan vazir Nozim Xusanov ushbu markazdagi yoshlar bilan uchrashdi.
❇️Monomarkazning asosiy faoliyati ichki va tashqi mehnat bozoriga kasbiy malakaga ega mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish. Bu yerda ta'lim olgan fuqarolar 4 ta yo'nalishda (Servis va xizmat ko'rsatish, texnika, umumqurilish hamda qishloq xo'jaligi sohalari) kasb-hunar egasi bo'lib, World skills Uzbekistan milliy chempionatida qatnashish imkoniyatiga ega bo'lishadi.