Eng yaxshi kasbga tayyorlash dasturi” bo‘yicha ochiq tanlovda ishtirok eting!

07.06.2022

Eng yaxshi kasbga tayyorlash dasturi”

bo‘yicha ochiq tanlovda ishtirok eting!

 

Nodavlat ta’lim tashkilotlari diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
“Eng yaxshi kasbga tayyorlash dasturi” bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlari o‘rtasida ochiq tanlovni e’lon qiladi.

  1. Tanlovning umumiy tavsifi:

-Ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni, birinchi navbatda, kambag‘al oila a’zolari, chet eldan qaytgan mehnat migrantlari, xotin-qizlar va yoshlarni Yaponiya hukumatining "Maxsus malakali ishchi" (Tokuteiginou) testiga tayyorlash uchun qariyalarni parvarishlash va qishloq xo‘jaligi ishchisi kasbi bo‘yicha kasbga tayyorlash

  1. Tanlov tashkilotchisining nomi va manzili:

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Toshkent shahar, Mirobod ko‘chasi, 15-uy.

III. Tanlov uchun ajratilgan mablag‘ miqdori va uni moliyalashtirish manbai:

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bir martalik ajratiladigan grant miqdori tanlovda qamrab olinadigan har bir shaxsga nisbatan bir oy uchun bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravaridan oshmagan miqdorida.

  1. Tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan asosiy shartlar:
  2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-aprel “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 183-sonli qaroriga (https://lex.uz/docs/5354947)
    4-ilovasi 4-bob, 27-bandi bo‘yicha tegishli hujjatlar to‘plamini to‘liq shakllantirilishi hamda hujjatlardagi matnlar “Times new Roman” shrift,
    14 o‘lchamda yozilishi shart.
  3. Kasbga tayyorlash dasturida 500 nafardan ortiq Ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni, birinchi navbatda, kambag‘al oila a’zolari, chet eldan qaytgan mehnat migrantlari, xotin-qizlar va yoshlarni Yaponiya hukumatining "Maxsus malakali ishchi" (Tokuteiginou) testiga tayyorlash uchun qariyalarni parvarishlash va qishloq xo‘jaligi ishchisi kasbi bo‘yicha kasbga tayyorlash uchun qamrab olish zarur.
  4. Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan nodavlat ta’lim tashkilotlari aholini kasb-hunarlarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida kamida
    2 yillik tajribaga ega bo‘lishlari lozim.
  5. 2 turdagi kasb (ixtisoslik)larga ega hamda o‘quv dasturlarida yapon tili bo‘yicha o‘quv soatlar (modullar) nazarda tutilgan bo‘lishi, o‘quv reja
    va dasturlar bo‘yicha o‘quv jarayonlarining kamida 70 foiz qismi amaliyotga yo‘naltirilgan bo‘lishi shart.
  6. O‘quv jarayonlaridagi nazariy va amaliy mashg‘ulotlar yaponiyalik mutaxassislar tomonidan olib borilishi shart.

    1. Loyihaning amalga oshirish muddati:

    12 oy davomida.

    1. Tanlov ishtirokchilaridan hujjatlarni qabul qilishning manzili,
      oxirgi kuni va vaqti.

    Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan nodavlat ta’lim tashkilotlari ushbu namunadagi ariza hamda ushbu arizaga belgilangan tartibga asosan shakllantirilgan hujjatlar to‘plamini ilova etgan holda 2022-yil 17-iyun kuni soat 17.00 ga qadar Toshkent shahar, Mirobod ko‘chasi, 15-uy (100031) manzili bo‘yicha muhrlangan konvertlarda taqdim etadilar.

    Eslatma: Mazkur e’londa belgilangan muddatdan kechiktirib topshirilgan hujjatlar qabul qilinmaydi hamda ko‘rib chiqilmaydi.

    Telefonlar 71 239 41 21

    ichki raqam 260, 261

    email: info@mehnat.uz