Endilikda Shahrisabz shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazi yangi binoda faoliyat olib boradi.
09.12.2021
Endilikda Shahrisabz shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazi yangi binoda faoliyat olib boradi. Bugun ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan mazkur markaz nafaqat xodimlar, balki bu yerga murojaat qiluvchilar uchun ham zarur sharoit yaratadi. Tadbirda ishtirok etgan mutasaddilar va mahalliy aholi vakillari 140 mingdan ortiq fuqarolar istiqomat qilayotgan ushbu xududda barpo qilingan binoning zarur jihozlar bilan ta'minlanganligini ko‘zdan kechirishdi.