📣📣📣E'LON 3 ta XBAning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

08.01.2022

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 5-yanvardagi tegishli qarorlari bilan Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasida Bazaviy hisoblash miqdorining 8500 baravari miqdoridagi mablag‘larni zaxira sifatida to‘ldirmagani sababli quyidagi xususiy bandlik agentliklarining litsenziyalari 10 kun muddatga vaqtincha to‘xtatildi:

1. “Mirai recruitment agency xususiy bandlik agentligi” MCHJ;

2. “Specialist group xususiy bandlik agentligi” MCHJ;

3. “Jyonan-staff Business xususiy bandlik agentligi” MCHJ.