E'LON

28.05.2019

Bilimni baholash markazlari, Xususiy bandlik agentliklari, Oliy ta'lim muassasalari, koreys va boshqa tillarni o‘rgatadigan markazlar diqqatiga! 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish va tubdan qayta ko‘rib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 725-son qaroriga muvofiq Xususiy bandlik agentliklari hamda xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining bilim, malaka va ko‘nikmalarini, shuningdek, chet tilini bilish darajasini aniqlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar – Bilimni baholash markazlari tashkil etilmoqda.

Shu munosabat bilan, chet ellarda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolarning bilim va malakalarini yanada oshirish hamda Bilimni baholash markazlari, Xususiy bandlik agentliklari, Oliy ta'lim muassasalari, koreys tili va boshqa chet tillarni o‘rgatadigan markazlar bilan o‘zaro hamkorlik ishlarini tashkil etish maqsadida 2019-yil 1-iyun kuni soat 11:00 da Toshkent xodimlarni boshqarish va mehnatni muhofaza qilish kollejining majlislar zalida bo‘lib o‘tadigan anjumanga taklif etamiz.

Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi, 47-uy.