Ellikqal'a tumanida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi

15.10.2019

2019-yilning 15-oktabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal'a tumanida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabulda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari B.Umurzakov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri U.Saburov, tuman hokimi S.Avezov hamda sektor rahbarlari, shuningdek, Ellikqal'a tumanida faoliyat yurituvchi 37 ta korxona va muassasa rahbarlari ishtirok etdi.

Qabul jarayonida 43 nafar fuqaro qatnashdi. O‘rganishlar, suhbatlar natijasida fuqarolarning 12 nafari doimiy ishga, 3 nafari o‘qishga yo‘llanma oldi. 2 nafar fuqaroga subsidiya taqdim etildi, 4 nafari jamoat ishlariga yo‘naltirildi, 19 kishiga esa ishga joylashish buyicha maslahatlar berildi.

1 (25)