“DUOBA” OBOD MANZILGA AYLANDI
Bir necha oy avval hududda boshlangan qurilish-obodonlashtirish ishlari davomida 180 o‘rinli maktab va 80 o‘rinli maktab filiali, 50 qatnovga mo‘ljallangan shifokorlik punkti hamda mahalla idorasi binosi qurilib, jihozlandi.
Hududdagi qabriston atrofi o‘ralib, ziyoratchilar uchun sharoitlar yaratildi. 7 ta sel-suv toshqinlaridan zarar yetgan yo‘llar ta’mirlanib, 47 km yo‘lga shag‘al yotqizildi.
2 ta transformator punkti qurilib, 1,6 km masofaga kabel simlari tortildi.
Mahallaning Qayroq va Gumatak qishloqlariga ichimlik suvi tarmog‘i tortildi. Hozirda Duoba daryosi ustidan o‘tuvchi yangi ko‘prik bunyod etilmoqda.
8 dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan “Duoba” mahallasida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Vazir Behzod Musayev bayram tadbirida so‘zga chiqib, boysunliklarni qo‘shaloq ayyom bilan qutladi.