Diqqat, tanlov!

03.06.2020

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining davlat mehnat inspeksiyasi quyidagi lavozimlarga tanlov e'lon qiladi:

Davlat mehnat huquq inspektori – 1 ta;

Davlat mehnat inspeksiyasi kichik mutaxassisi – 1 ta;

 

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

Oliy yuridik ma'lumot;

Mehnat qonunchiligi bo‘yicha mukammal bilim tajriba va ko‘nikmalarga ega bo‘lish;

qonun hujjatlarining mohiyatini tushunish va tushuntira olish;

normativ huquqiy hujjatlar loyixalarini ishlab chiqish tajribasiga ega bo‘lish, qonunchilik texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lish;

davlat tilini mukammal bilish (xorijiy rus, ingliz tillarini bilishi ustunlik beradi);

yuklatilgan vazifalarni mustaqil nazoratsiz bajara olish;

tashabbuskorlik, jonbozlik xislatlariga, davlat xizmatchisi nomiga loyiq odob-axloqqa ega bo‘lish.

 

Ish haqi va boshqa afzalliklar:

Barcha ustama va qo‘shimchalar bilan

oylik ish haqi davlat mehnat huquq inspektori 4 mln so‘mdan 6 mln so‘mgacha;

Davlat mehnat huquq inspeksiyasi kichik mutaxassisi 3,5 mln so‘mdan 4,5 mln so‘mgacha;

bayram va boshqa muhim sanalar munosabati bilan mukofot pullari;

faoliyat samaradorligining eng yuqori ko‘rsatkichlarini ta'minlovchi xodimlar lavozim maoshiga ikki hissa miqdorda shaxsiy ustamalar;

ma'muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha undirilgan jarimalar summasining 10 foizigacha bo‘lgan miqdorda ustamalar;

tashabbuskorlik va xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarganlik hamda mehnatda erishgan yuksak yutuqlar uchun xodimlar faoliyatini yakka tartibda baholash asosida bir yilda bir marta ikki oylik ish haqi miqdorida mukofot;

chet ellarga xizmat safari va stajirovkalarga borish imkoniyati;

vazirlik markaziy apparati va hududiy organlari xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan davlat boshqaruvi organlari va mehnat organlari tizimida ko‘p yillik mehnati uchun quyidagi hajmlarda (rag‘batlantirish koeffitsientini hisobga olgan holda lavozim maoshiga belgilangan koeffitsientlarda) har oyda mukofot puli to‘lanadi: 3 yildan 5 yilgacha — 0,1; 5 yildan 10 yilgacha — 0,2; 10 yildan 15 yilgacha — 0,3; 15 yildan yuqori — 0,4.

 

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar 2020 yil 15 iyun kuniga qadar ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

 

Nomzodlarni Inspeksiyaga ishga qabul qilishda ular Respublika mehnat organlari xodimlarining malakasini oshirish kurslari bazasida ikki haftalik majburiy kirishish-moslashish kursidan o‘tadi.

 

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

shaxsiy varaqa (so‘rovnoma, anketa yoki ma'lumotnoma-ob'ektivka yuborilayotgan ma'lumotnomada nomzodning yashash manzili va telefon raqamlari to‘g‘risidagi hamda qaysi ish o‘rniga hujjat topshirish istagi haqidagi ma'lumotlar ham aks ettirilishi kerak);

diplom (diplomdan ko‘chirma)ning nusxasi, chet elda o‘qigan bo‘lsa, diplomi nostrifikatsiyadan o‘tganligi tasdiqlovchi guvohnoma.

 

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni g.niyazmetova@mehnat.uz elektron manziliga, 71 239 41 21 (277, 273) ichki raqamlariga yuborishingiz mumkin.