Diqqat ogoh bo'ling

16.07.2022

PATRUL UZ telegram kanali orqali chet elda ish taklif qilayotgan firibgarlar haqida ogohlantiramiz. Ushbu tashkilot Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ro'yhatidan o'tmagan va lisenziyaga ega emas.

Vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan “Yagona milliy mehnat tizimi” axborot tizimi doirasida yaratilgan “labor-migration” dasturiy majmuasi orqali mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ish beruvchilar to‘g‘risidagi va sohaga doir boshqa ma’lumotlar joylashtirib borilmoqda. Bundan tashqari, xorijiy davlatlarga bo‘ladigan tanlovlarni onlayn tartibda namoyish etib borish tizimi joriy etilgan. Bunda “Komplayens” xizmati yo‘lga qo‘yilib, doimiy profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

➡️lisenziyaga ega xususiy bandlik agentliklari to'grisidagi to'liq ma'lumotni quyidagi reestr orqali bilib olishingiz mumkin. ⬅️