Diqqat e'lon!

24.04.2019

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, xorij tilini, shu jumladan, koreys tilini bilish darajasini baholash faoliyatini amalga oshiruvchi barcha tegishli va soha tashkilotlarni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligi o‘rtasida tuzilgan O‘zaro anglashuv memorandumi doirasida hamkorlik qilish uchun taklif etadi.

          Ishtirokchilarga qo‘yilgan talablar:

1. Xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy bilimga egaligini, shu jumladan, kasb ko‘nikmalari va chet tillarni bilish darajasini tasdiqlash faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining akkreditatsiyasiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar;
2. Qo‘yilgan talablarni qabul qilgan va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy malakasini tasdiqlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarning xalqaro memorandum doirasida EPS-TOPIC imtihonida qatnashish uchun eng yaxshi nomzodlarni tanlab olishda ishtirok etishi bo‘yicha belgilangan shakldagi Kelishuv loyihasini imzolash (Kelishuv loyihasi);
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-sentabrdagi 725-son qarorining 2-ilovasi "Xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy malakasini tasdiqlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom"ga muvofiq va boshqa me'yoriy hujjatlar talablariga amal qilish;

Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida qabul qilinadi.

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qamarniso ko‘chasi, 1-uy.

Murojaat uchun: 71-202-33-55 (ichki 32).