Davlatimiz gerbi – faxrimiz, g‘ururimiz ramzi

26.06.2020

Mustaqil Respublikamizning “Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganiga ham 28 yil to‘lmoqda. Mamlakatimiz o‘z mustaqilligining dastlabki yillaridayoq o‘z gerbiga ega bo‘ldi. 1992-yilning 2-iyulida “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan edi. Davlat gerbi — davlat suverenitetining ramzi hisoblanib, u yer yuzi sarhadlarida mustaqil O‘zbekiston davlati borligini anglatadi va o‘zida milliy-madaniy an’analarimizni mujassamlashtiradi. 

 photo_2020-06-27_14-20-51 

Konstitusiyamizning 5-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari — bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega”, deya ramzlarimizning huquqiy asoslari mustahkamlab qo‘yilgani barchamizga ayon. Mustahkam huquqiy asosga ega bo‘lgan bayroq, gerb va madhiyamiz esa davlat va xalq birligini namoyon etadi.

Davlat va millatning mavjudligi, xalqning mentaliteti, orzu-o‘ylari, tafakkur tarzi, ruhiyati va o‘ziga xosligi uning ramzlarida aks etadi. Shu sababdan ramzlar shu yurt uchun eng muqaddas qadriyat sifatida baholanadi. Davlat ramzlari orasida davlat tili va gerbi ham alohida ahamiyatga ega.

 photo_2020-06-26_12-02-33 

26-iyun kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida mazkur masalalarga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi muassisligidagi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Rahimboy Jumaniyozov, Toshkent Davlat yuridik universiteti professori, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Firuza Muhitdinova hamda vazirlikning markaziy apparati, hududiy bosh boshqarmalar va aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari xodimlari ishtirok etdilar. 

 photo_2020-06-26_12-02-35 

photo_2020-06-26_12-02-34 

Suhbat davomida davlat gerbining mazmun-mohiyati, uning ahamiyati haqida qiziqarli va muhim ma’lumotlar berildi. Shuningdek, davlat va millat mavjudligining ramzi bo‘lmish davlat tili mavzusiga alohida to‘xtalib, bugungi kun uchun buning ahamiyatini dildan his etish va amaliyotga joriy etish masalalariga har bir shaxs mas’ul ekanligi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, tadbir so‘ngida ishtirokchilar mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.