Davlat tili – o‘zbek tilida ish yuritish bo‘yicha tashkil etilgan qisqa muddatli o‘quv kurslarining yakuniy imtihoni bo‘lib o‘tdi.
Davlat tili – o‘zbek tilida ish yuritish bo‘yicha tashkil etilgan qisqa muddatli o‘quv kurslarining yakuniy imtihoni bo‘lib o‘tdi.
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida vazirlik markaziy apparati xodimlari uchun davlat tilida ish yuritish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etilgan edi.
Mazkur kurs tinglovchilari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida o‘z bilim va ko‘nikmalarini tasdiqlovchi 4 bosqichli yakuniy test imtihonlarini topshirdilar.