DAVLAT MEHNAT INSPEKSIYASI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR HAQIDA

02.11.2020

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasiga joriy yilning 9 oy davomida 18 339 ta jismoniy va yuridik shaxslardan murojaatlar kelib tushgan. Shundan, natijasiga ko‘ra 10 086 ta qanoatlantirilgan, 7 594 ta tushuntirish berilgan, 436 ta tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan hamda 223 ta ko‘rilmasdan qoldirilgan. 

Murojaatlarni xususiyatlari bo‘yicha 6 152 ta nafari oylik ish xaqilari va boshqa to‘lovlar to‘lanmasligi, 2 073 ta noqonuniy ishdan bo‘shatilishi, 637 ta ishga qabul qilishda qonun buzilishi, 594 ta ishga qabul qilishda rad etilishi, 421 ta norasmiy ishlatilishi, 501 ta ish vaqti va dam olish vaqti bo‘yicha qonun buzilishi, 61 ta majburiy mehnat, 41 ta mehnat sharoitlari yaratilmaganligi hamda 7 859 ta boshqalarni tashkil etadi.

Davlat mehnat inspeksiya tomonidan mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha 2020 yil 9 oy davomida 13 552 ta korxonada 34 286 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan, ushbu qonunbuzilishlarni bartaraf etish bo‘yicha 5 347 ta yozma ko‘rsatmalar va 119 ta taqdimnomalar kiritildi, 4 899 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan 7 925,3 mln. so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.

Aniqlangan qonunbuzilishlardan 11 426 tasi mehnatni muhofaza qilish qonunchiligi va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik, 189 tasi mehnat shartnoma tuzmasdan, norasmiy ravishda xodimlar mehnatidan foydalangan, 3 670 tasi ish haqini belgilangan muddatlarda to‘lab bermaslik, 875 ta aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish, 1 135 ta mehnat daftarchalarini yuritish tartibini buzish, 879 ta noqonuniy ishdan bo‘shatish, 639 ta kasaba uyushmalari a’zolari huquqlarini buzilish va jamoa shartnomalari talablarini bajarmaslik holatlari, 66 ta o‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibini buzilishi, 151 ta ayollar uchun qo‘shimcha imtiyoz va kafolatlar qo‘llanilmaslik, 57 ta majburiy mehnat holatlari, 134 ta nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus ish o‘rinlarini band qilmaslik va boshqa mehnat huquqlarini buzilishi, 136 ta holatda ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi qilinmagan holatlar hamda boshqa turdagi qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

Qonunbuzilishlar sohalar bo‘yicha tahlil qilinganda 3 713 ta qonunbuzilishlar xalq ta’limi tizimidagi tashkilot va umumta’lim maktablari mansabdor shaxslari tomonidan o‘qituvchi va boshqa 

xodimlarining mehnat huquqlari buzilgan, 5 195 tasi tibbiyot muassasalari xodimlarning huquqlari buzilgan, 1 031 tasi qurilish sohasida, 2 906 ta qonunbuzilishlar qishloq xo‘jaligida, 488 ta oliy va 

o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida sodir etilgan, 889 tasi sanoat korxonalarida, 199 ta bank muassasalari va 445 ta transport sohasidagi mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilgan. 

Respublika bo‘yicha 2020 yil 9 oy davomida ishlab chiqarishda yuz bergan 416 ta baxtsiz hodisalar belgilangan tartibda maxsus tekshirildi, shulardan 101 tasi o‘lim bilan tugagan, 297 tasi oqibati og‘ir va 18 tasi guruxiy baxtsiz hodisalarni tashkil etdi.

Yuz bergan baxtsiz hodisalar natijasida 126 nafar xodim halok bo‘lgan, 318 nafar xodim og‘ir tan jarohati va 16 nafari yengil tan jarohati olgan.
Ushbu baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish jarayonida 2 490 ta aniqlangan kamchiliklar yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan 386 ta yozma ko‘rsatmalar berildi hamda qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yganligi uchun 295 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan 714 005,7 ming so‘mlik ma’muriy jarimalar qo‘llanildi va 62 ta holatda inspektorlarning tegishli xulosalari asosida aybdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan.

631 nafar fuqarolarni jami 1,5 mlrd. so‘mdan ortiq miqdordagi ish haqlarini undirish uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga da’vo arizalar kiritilib, undirib berildi.

Fuqarolarning huquqiy ongini oshirish, ish beruvchilarga mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini qo‘llanilishi yuzasidan jami 5 282 ta targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Shundan 318 ta ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshirilgan, 4330 ta ish beruvchilar bilan joylarda seminarlar o‘tkazildi.

Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining doimiy tarzda faoliyat olib boruvchi, o‘zining shaxsini oshkor qilmasdan ma’lumot berish imkoni bo‘lgan ijtimoiy tarmoqda dmi.mehnat.uz sayti, qisqa raqamli “1176” ishonch telefon va @mehnathuquqbot telegram tarmog‘i tashkil etilgan bo‘lib, ushbu tarmoqqa jami 4 748 ta murojaatlar va xabarlar kelib tushdi va hozirgi kunga qadar murojaatlar kelib tushmoqda.

2020 yil 9 oy davomida jami 86 ta holatda majburiy mehnatga yo‘l quygan aybdor shaxslarga nisbatan ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.