"Future Skills Uzbekistan” yangi qo‘shma loyihaga start berildi

11.01.2021

Axborot texnologiyalari sohasida kadrlarni tayyorlashda professional tizimni takomillashtirish, mehnat bozorida malakali IT-mutaxassislarga bolgan ehtiyojni qondirish, shuningdek, “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish va aholining kundalik hayotiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etishni ta’minlash maqsadida Ozbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va IT Parkning qoshma loyihasi – “Future Skills Uzbekistan”ning boshlanishiga bag‘ishlangan marosim bolib otadi.

Tadbirda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov va “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki Direksiyasi” MChJ Direktori (IT Park) Farhod Ibragimov, shuningdek, OAV vakillari ishtirok etishdi.

Marosimda barcha taklif etilgan mehmonlarga bolajak IT-mutaxassislari uchun tanlangan ta’lim yonalishlari, masalan, veb-dasturlash, mobil ilovalarni ishlab chiqish, IT-xavfsizlik va tarmoq texnologiyalari, ma’lumotlar bilan ishlash, mobil oyinlarni ishlab chiqish, mobil robototexnika, grafik dizayn, 3D modellashtirish, ingliz tili va IT-menejment yonalishlari haqida taqdimot bolib otdi.

Bundan tashqari marosim ishtirokchilari mamlakat bo‘ylab o‘qish tashkil etiladigan barcha joylar, ro‘yxatdan o‘tish usuli, tanlov mezonlari va to‘lov mexanizmlari, shu jumladan, ishsiz va ish qidirayotgan fuqarolarga hamda kam ta’minlangan oilalarda yashavchi shaхslarga o‘qish uchun beriladigan imtiyozli kvotalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot olishdi. Loyiha taqdimotida alohida e’tibor 9 oylik o‘qish va amaliyotni yakunlagandan so‘ng bandlik va o‘z-o‘zini ish bilan ta’minlash istiqbollariga qaratildi.

Taklif etilayotgan loyiha respublika boylab 10 ta yonalish boyicha 1000 dan ortiq IT-mutaxassislarini tayyorlash va ularni ish bilan ta'minlashga yoki oz-ozini ish bilan ta'minlashiga (freelancing) yordam beradi

Marosim yakunida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va IT Park o‘rtasida Memorandum imzolandi hamda loyiha bo‘yicha savol-javob uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.