Chortoq tumanidagi holat yuzasidan rasmiy munosabat

03.08.2021

Ijtimoiy tarmoqlarda "Chortoq tumani 28- maktabda o‘qituvchilarning majburiy mehnatga jalb qilinayotganligi" haqida xabar https://t.me/NAMANGANLIKLAR_UZ/55533 tarqalgan.

Xabar yuzasidan Namangan viloyati Chortoq tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi Davlat mehnat inspektori tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida 28-maktabning hech qaysi o‘qituvchisi majburiy mehnatga jalb etilmaganligi, o‘qituvchilarning bu holatdan bexabar ekanligi aniqlandi. Xabarda ko‘rsatilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topmadi.

Hurmatli yurtdoshlar, mehnat munosabatlariga oid murojaatlar yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasining 1176 qisqa raqamlariga, vazirlikning 71-200-06-00 ishonch telefoniga hamda www.dmi.mehnat.uz saytiga murojaat qilishlaringiz mumkin.

‼️Shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi.