CHIROQCHIDA KUZGI KO’CHAT EKISH ISHLARI JADAL DAVOM ETMOQDA

16.11.2023

 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Chiroqchi tumanining "Yangi Dam" mahallasida “Tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi bogʻi” bunyod etilmoqda. Shu munosabat bilan ushbu bog‘ga viloyat boshqarma rahbari R. Gʻafurov boshchiligidagi bir guruh soha vakillari, mahalla raislari va hokim yordamchilari ishtirokida 700 tup mevali va manzarali ko‘chatlar o‘tqazildi. Viloyatda loyiha doirasidagi ishlar xayrixohlik bilan jadal davom etmoqda.